Keksalarni hurmat qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish jamiyatimizning o‘ziga xos yuksak ma’naviy va madaniy qadriyatlaridan biridir. O‘zbek xalqiga azaldan xos bo‘lgan bunday yuksak fazilatlar mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Bugun bu borada Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi kotibiyati jamoasi shahardagi “Gulchilar” mahallasi, Al-Beruniy ko‘chasi, 13-uy, 42-xonadonda yashovchi yolg‘iz keksa fuqaro Z.Aishova xonadonida bo‘lib, ijtimoiy ahvolini o‘rgandilar.
O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, yakka-yolg‘iz fuqaroga homiylik yordami ko‘rsatish orqali oshxonasining tom qismini ta’mirlab berishga kelishib olinib, hozirda qurilish ashyolari yetkazib berildi. Bunday yakka-yolg‘iz fuqarolarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik ularning hayot darajasi va sifatini oshirishga xizmat qiladi