“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Urganch shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati R.Baltayevning tashabbusi bilan Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universitetining Texnika fakulteti va bir qator mas’ul tashkilotlar hamkorligida, mazkur oliy ta’limda "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirga Din ishlari bo‘yicha ko‘mitaning hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Muyassar Masharipova, Urganch shahri IIO FIB XPB xotin-qizlar masalalari kapitan Zuxra Tillaboyeva, partiya faollari, deputatlari, mazkur oliy ta’lim muassasasi pedagog xodimlari hamda talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - jamiyatda, ayniqsa yoshlar orasida zo‘ravonlik, tazyiq va diskriminatsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishdir.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 3-sonli qarori mazmun-mohiyati, jamiyatdagi ahamiyati va hayotga samarali tatbiq etilayotgani haqida batafsil ma’lumot berdilar.