📋 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi.
🎥💡 Qarorga muvofiq, mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, ko‘chalarni yoritish tizimini yaxshilash hamda “Namunaviy xavfsiz ko‘cha” va “Namunaviy xavfsiz uy” loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratilishi ma’qullandi.
✅ Mazkur qaror hududlarda xavfsiz va qulay muhit yaratish, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.