Yangiliklar

📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Qo‘ziboyev Temurbek Sarvarovich tomonidan tumandagi nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holatini o‘rganish maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida Qangli mahallasida yashovchi ehtiyojmand fuqaro M.Masharipova xonadonining ijtimoiy holati o‘rganildi.

🤝 Mazkur xonadonga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Qo‘ziboyev Temurbek Sarvarovich tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan 500 ming so‘mlik dori-darmon vositalari xarid qilinib, fuqaroga topshirildi.

✅ Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.