Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bekobodda investitsiya loyihalari o‘rganildi: eksport salohiyati oshmoqda 🚀

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan Sh. To‘raqulova, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan U. Raximjonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov O‘zbekobod mahallasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.

Hududdagi muhim loyihalardan biri — “SAIDOLIM CHINNI EXPORT” MChJ faoliyati alohida e’tiborga loyiq. Korxona tomonidan zamonaviy muzlatkich majmuasi tashkil etilgan bo‘lib, unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlanadi va eksportga yo‘naltiriladi. Ayni paytda mahsulotlar asosan Rossiya va Tojikiston bozorlariga yetkazib berilmoqda.

Mazkur tashrif davomida deputatlar loyiha samaradorligi, yaratilgan ish o‘rinlari hamda eksport salohiyatini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Slide 1 of 4