Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SHAHAR KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda shahar Kengashi deputatlari, guruh a’zolari hamda faol yoshlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish kun tartibida shahrimiz yoshlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, mahallabay ishlash tizimi doirasida yoshlar bilan olib borilayotgan muloqotlar samaradorligi tahlil
etildi.
 
 Yig‘ilish yakunida faol yoshlarning shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtirokini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2