Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ichimlik suvi muammosi – deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan 2026-yil 22-aprel kuni 106-ds-487-26-sonli deputatlik so‘rovi “Samarqand suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati Pastdarg‘om tuman filiali boshlig‘i H.Sayfiyevga yuborildi.

🚰Mazkur so‘rov 15-Mustaqillik saylov okrugi hududidagi Temirxo‘ja mahallasida yuzaga kelgan dolzarb muammo asosida yo‘llandi. Xususan, 1969-yilda qurilgan ichimlik suvi inshootidagi nasos quduqqa tushib ketgani sababli, hozirgi kunda aholi ichimlik suvi ta’minotida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

🚰Ushbu holat mahalla aholisining kundalik ehtiyojlarini qondirishda muammolar tug‘dirib, ularning haqli e’tiroz va murojaatlariga sabab bo‘lmoqda.

🚰Shu munosabat bilan deputat tomonidan Temirxo‘ja mahallasida yangi ichimlik suvi inshootini qurish, mazkur loyihani davlat dasturiga kiritish hamda muammoni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish so‘raldi.

Slide 1 of 1