Tumandagi dehqon bozorlari rastalarida go‘sht mahsulotlari savdosi holatini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S.Nurmamatova tomonidan monitoring o‘tkazildi.
✍️Jarayon davomida mahsulotlar sifati, saqlash sharoitlari, sanitariya talablari hamda narx-navolar tahlil qilindi.
📖O‘rganishlar natijasida ayrim rastalarda gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilinmayotgani, saqlash sharoitlarini yaxshilash zarurligi qayd etildi.
📈 Shu bilan birga, sotuvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga amaldagi talab va me’yorlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✍️Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
📖Bu kabi nazorat tadbirlari aholi salomatligini himoya qilish va bozorlarda sifatli mahsulotlar savdosini ta’minlashga xizmat qiladi.