Deputat nazorati: "Yangi hayot" mahallasidagi xususiy bog‘cha faoliyati ko‘zdan kechirildi
✅Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 10-okrugidan saylangan deputat D.Abdunazarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov ishtirokida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Bu galgi o‘rganish obyekti — "Yangi hayot" mahallasida faoliyat yuritayotgan xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.
🔍 O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?
Deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, quyidagi jihatlar tahlil qilindi:
✅Bolajonlar uchun yaratilgan o‘yin va dars xonalari, ularning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi.
✅Maktabgacha ta’lim dasturlarining joriy etilishi va tarbiyalanuvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan metodikalar.
✅Deputat tomonidan aniqlangan ayrim kichik kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muddatlar belgilanib, tuman Kengashi kotibiyati tomonidan nazoratga olindi.