Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori-darmon ta’minoti o‘rganildi
⬇️Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati D.Abdunazarova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
⬇️Ishchi guruh "Yangi kuch" mahallasida joylashgan tuman Tibbiyot birlashmasi filialida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati bilan yaqindan tanishdi.
⬇️O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
💊 Davlat tomonidan ajratilayotgan bepul dori-darmonlarning o‘z vaqtida va manzilli yetkazib berilishi;
🩺 Bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati;
👨⚕️ Tibbiyot xodimlarining aholi bilan muloqot madaniyati.
⬇️O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tibbiy xizmat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.