Maktablardagi sport ob’ektlari va jihozlarining holati
o‘rganildi
11-Zominovul saylov okrugi bo‘yicha Xalq demokratik
partiyasi (XDP) deputatlik guruhi a’zosi T.Azamatov tomonidan mahallalarda
aholi va bolalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasini ko‘zdan kechirish
maqsadida monitoring ishlari olib borilmoqda.
Shu doirada, deputat tomonidan hududdagi umumta’lim
maktabining sport zali va undagi sport anjomlarining holati bevosita
o‘rganildi.
Monitoring davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
· Sport zalining sanitariya-gigiyena talablariga
muvofiqligi;
· Mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan sport jihozlarining
(gimnastika qurollari, to‘plar va boshqa anjomlar) mavjudligi va yaroqliligi;
· O‘quvchilarning jismoniy tarbiya bilan
shug‘ullanishlari uchun yaratilgan xavfsizlik sharoitlari.
O‘rganish natijasi: O‘rganish davomida maktab sport
zalining bugungi holati va moddiy-texnik bazasi tahlil qilindi.
Maqsad: Yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib
ulg‘ayishi uchun sport maskanlarida munosib sharoitlar yaratilishini
ta’minlash.