Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

HUDUDDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA PROFILAKTIKA ISHLARI O‘RGANILDI

 HUDUDDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA PROFILAKTIKA
ISHLARI O‘RGANILDI
 

Hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida navbatdagi o‘rganish
tadbirlari o‘tkazildi.
 

Xususan, jinoyatchilikka qarshi kurashish holati,
ayniqsa, «qizil» va «sariq» toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilikni
bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati
tartibida ko‘zdan kechirildi.
 

Mazkur jarayonda Ekologiya partiyasidan saylangan
7-Birdamlik saylov okrugi deputati A.Mo‘minov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi
L.Iskandarov ishtirok etib, hududda osoyishtalikni ta’minlash borasidagi
dolzarb chora-tadbirlar bilan tanishdilar.
 

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga
qaratildi:
 

Jinoyat sodir etilish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda
profilaktik tadbirlarning samaradorligi;
 

«Mahalla yettiligi» va huquq-tartibot organlarining
o‘zaro hamkorligi;
 

Aholi orasida jinoyatchilikning oldini olishga
qaratilgan targ‘ibot ishlarining holati.
 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar
yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.