Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLADAGI AMALIY ISHLAR DAVOM ETMОQDA

Joriy yilning 9-aprel kuni Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro'ziboyev va deputat N.Sharipovalar ishtirokida shahrimizdagi “Jingavuz” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va yo‘llarni ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirildi. 

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylar atrofidagi ichki yo‘llarga asfalt yotqizish sifati, aholi uchun qulay infratuzilma yaratish holatlariga alohida e’tibor qaratdilar. 

Ushbu amaliy harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholi uchun munosib sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlari hamda "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. 

"Maqsadimiz - har bir fuqaroning o‘z mahallasida munosib sharoitda yashashini ta’minlashdir," — deydi deputat P.Ro'ziboyev. 

Slide 1 of 3