Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tomorqalarga suv chiqarish va bandlikni ta’minlash ishlari nazoratda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan o‘z saylov okrugida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda tomorqadan samarali foydalanish masalalari doimiy e’tiborda.

Jumladan, hududda aholi tomorqalariga suv chiqarish, yerdan unumli foydalanish va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirilib, aholi bilan muloqotlar o‘tkazildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Bu kabi ishlar aholi farovonligini oshirish, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish va bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2