🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan joriy hafta uchun rejalashtirilgan barcha tadbirlar to‘liq amalga oshirildi.
🔹 30.03.2026 — Kengash raisi R.Xidirbayev kotibiyat bosh mutaxassisi D. Xodjanov bilan birgalikda “Nurli Keleshek” MFY hududida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlarining borishini o‘rganib, nazorat qildi.
👤 Mas’ul: kotibiyat bosh mutaxassisi D. Xodjanov
🔹 31.03.2026 — Kengashning “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazilib, sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
👤 Mas’ul: kotibiyat bosh mutaxassisi A. Aymbetov
🔹 01.04.2026 — Deputat, Kengash kotibiyati mudiri A.Matniyazov yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Niyazimbetov bilan birgalikda “Yangi makon” OFYda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
👤 Mas’ul: kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov
🔹 02.04.2026 — Deputat A.Mustafaev kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda “Oydin yo‘l” MFYda saylovchilar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi.
👤 Mas’ul: kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov
🔹 03.04.2026 — Deputat B.Bekniyazov ekspert guruhi vakillari bilan birgalikda mahalliy byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirdi.
👤 Mas’ul: kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov
🤝 Hafta davomida o‘tkazilgan tadbirlar doirasida infratuzilma, ekologiya, yoshlar bandligi, aholi murojaatlari hamda byudjet mablag‘lari ustidan nazorat kabi muhim yo‘nalishlar qamrab olindi.
📌 Bunday tizimli ishlar hududlarning barqaror rivojlanishi va aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.