Maktabdagi shart-sharoitlar o‘rganildi
Shirin shahar hokimi, shahar deputati Dilfuza Kambarova shahrimizdagi 1-umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar davomida ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilayotgan o‘quv xonalari, axborot texnologiyalari vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi, sport maydonlari hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.
Shuningdek, maktab hududida bunyod etilayotgan kasb maktabi qurilish jarayonlari bilan ham tanishildi. Ayni paytda yakuniy bosqichga yetib kelgan mazkur maskanda kelgusida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ularni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlashga qaratilgan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Xususan, tikuvchilik, IT va boshqa zamonaviy kasblar bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur o‘rganishlar ta’lim sifati va yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Shirin_Kengash) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/news/29446) | Facebook (https://www.facebook.com/share/p/18dgBNDutU/) | Instagram (https://www.facebook.com/share/p/18dgBNDutU/)