Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Istirohat bog‘i holati o‘rganildi.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi bosh mutaxassisi A.Yakubov hamda Xalq deputatlari shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latovlar bilan birgalikda shahardagi “Navro‘z” istirohat bog‘ining holati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib chiqildi.

🔸O‘rganish jarayonida, hozirda istirohat bog‘ida jami 13 dona attraksionlar mavjudligi va ulardan bittasi nosoz holatda ekanligi aniqlandi. Shuningdek, ularning xavfsizligiga oid meʼyoriy hujjatlar talablariga, obodonlashtirish va tozalikni taʼminlash hamda jamoat xavfsizligi masalalariga ham eʼtibor qaratildi. 

🔸Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5