DEPUTAT HUDUDDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugida joylashgan Yangi Hayot mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tuman Kengashi deputati R. Valieva tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromad manbalarini kengaytirish, bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” asosida olib borilayotgan ishlarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.