Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni asosida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
💬Bunda “Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligi, raisning hududdagi muammolarni muvofiqlashtirishdagi roli va aholi bilan ishlash sifati ko‘zdan kechirildi.
⏺Ikkinchidan, davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi.
💬Nazorat jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
🔅Uy-joylarni boshqarish tizimining (BSK) samaradorligi;
🔅Kommunal xizmat ko‘rsatish sifati va aholining bu boradagi fikrlari;
🔅Uylarning texnik holati va mavjud infratuzilma muammolari.
🫥O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va yangi qaror doirasida belgilangan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha mahalla raisi hamda mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.