💠Uchrashuvda fuqarolar Pokizalik ko‘chasida joylashgan ichki yo‘lning yomon holati sababli harakatlanishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini bildirib, ushbu yo‘lga shag‘al va asfalt yotqizish masalasida amaliy yordam so‘rashdi.
💠Mazkur murojaatlarni inobatga olgan holda deputat tomonidan Amudaryo tumani hokimining o‘rinbosari B. Ernazarov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
💠Deputat so‘rovi orqali Pokizalik ko‘chasidagi ichki yo‘lni shag‘allash va asfaltlashtirish masalasini ko‘rib chiqish hamda fuqarolar murojaatini ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi kutilmoqda.