Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilishda doimiy komissiya raislari hamda kotibiyat mudiri ishtirok etdi.

Unda shahar Kengashi doimiy komissiyalari faoliyatini yanada jonlantirish, ularning ish samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida doimiy komissiyalar ishini faollashtirish hamda ularning faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5