Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🍀Deputatlar shanbalikda faol ishtirok etdi

🌼Ushbu ezgu tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etib, mahallalar hududini obodonlashtirish, ko‘chalarni tozalash va yashil hududlarni tartibga keltirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar.

🌼Shuningdek, deputatlar aholini ham shanbalikda faol qatnashishga, yashab turgan hududlarini ozoda va obod saqlashga chorladilar.

🌼Shanbalik yakunida mahalla va ko‘chalarda tozalik ishlari amalga oshirilib, hududlar obodonlashtirildi, yashil maydonlar tartibga keltirildi. Eng muhimi, aholi o‘rtasida obodlik va tozalik madaniyatini oshirishga xizmat qiladigan jamoaviy hamjihatlik muhitini yanada mustahkamladi.

Slide 1 of 8