Andijon viloyati Boʻston tumani 24-umumiy oʻrta ta'lim maktabida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Gʻ.Ruziev tomonidan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaratilgan imkoniyatlar haqida 9–11-sinf oʻquvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ta'lim, tadbirkorlik, kasb-hunar oʻrganish va yoshlar
loyihalarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, oʻquvchilar va ularning ota-onalari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, yoshlarning kelajakda oʻz
qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma'lumot berildi.