Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#jamoatchilik nazorati

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Alisher Samadov tomonidan shahrimizdagi “Oydin” dehqon bozorida navbatdagi jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅Aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining yetarliligi;

✅ Savdo rastalari va bozor hududining tozalik talablariga javob berishi;

✅Mahsulotlar narxlari rastalarga ko‘rinarli darajada ilib qo‘yilganligi.

Natija: O‘rganish davomida bozorda barcha turdagi mahsulotlar zaxirasi yetarli ekanligi hamda belgilangan tartib-qoidalar asosida sotilayotganligi kuzatildi.

Maqsad — aholi uchun qulay sharoit va adolatli narxlarni ta’minlash!

Slide 1 of 4