Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🚧 Ichki yo‘llar masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Jamshid Rasulov tomonidan Ishtixon tumani “Chinortepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi Chovli–Kichik To‘qmoq hamda Tabib–Chinortepa ichki yo‘llarining holati yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda mahalla faollari bilan muloqotlar davomida mazkur yo‘llarning ta’mirtalab ekani, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida fuqarolar va maktab o‘quvchilarining harakatlanishida qator qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan yo‘llarni shag‘allashtirish, texnik talablar asosida ta’mirlash hamda hudud aholisi uchun qulay shart-sharoit yaratish masalasini joyida o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi kiritildi.

Mazkur masala yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda 10 kun muddatda javob taqdim etilishi so‘ralgan.

✅ Hududlardagi muammolarni aniqlash va ularni hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. 

Slide 1 of 1