Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha o‘rganish olib borildi

📌 Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati A. Toshova tomonidan hududdagi mahalla yettiligi faoliyati hamda mahallada yo‘lga qo‘yilgan tikuvchilik tadbirkorligi, xususan xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan faoliyat joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, mahallada tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning mehnat faoliyati, yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda duch kelinayotgan muammo va takliflari o‘rganildi.

O‘rganish yakunida xotin-qizlar bandligini yanada oshirish, tikuvchilik tadbirkorligini rivojlantirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, masalalar nazoratga olindi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati

https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi

Slide 1 of 5