Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAISHIY CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR TAHLIL ETILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari G.Shafoatova va K.Abdullayevalar tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy bo‘limida korrupsiyaning oldini olish, xizmatlar shaffofligini ta’minlash hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, ijtimoiy yordam va nafaqalarni tayinlash jarayonlarining adolatliligi hamda ochiqligi alohida e’tiborga olindi.

Deputatlar tomonidan xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ichki nazorat mexanizmlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularning taklif va e’tirozlari o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada shaffoflashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi. Mazkur o‘rganishlar ijtimoiy himoya tizimida adolat va ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish hamda aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3