Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAISHIY CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR TAHLIL ETILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Aholi salomatligi va yoshlar kelajagi — davra suhbatida muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari G.Shafoatova va K.Abdullayevalar tomonidan tumanda yangi faoliyat boshlagan “Yangi hayot” xususiy klinikasi ish faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida klinikada yaratilgan zamonaviy sharoitlar, tibbiy jihozlanish darajasi, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda davolanuvchilarga ko‘rsatilayotgan muolaja va parvarish holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlarining bemorlar bilan muloqoti, sanitariya-gigiyena talablari va xizmat ko‘rsatish madaniyati ham ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari, klinikada davolanayotgan fuqarolar ishtirokida giyohvandlikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda giyohvandlikning inson salomatligi, oila barqarorligi va jamiyat hayotiga yetkazadigan salbiy oqibatlari, ushbu illatning oldini olish choralari hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbati davomida soha mutaxassislari tomonidan hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarning savol va murojaatlariga batafsil javoblar qaytarildi. Tadbir yakunida profilaktik ishlarni kuchaytirish, aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini muntazam davom ettirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Mazkur tadbir giyohvandlikka qarshi kurashish borasidagi jamoatchilik faolligini oshirishga va sog‘lom jamiyatni shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 4