Shuningdek, oʻrganish jarayonida maktabda elektron doskalarning mavjudligi sababli interaktiv taʼlim jarayonini samarali tashkil etilganligi, oʻquv mebellarining yangilanganligi, axborot-rusurs markazi hamda kompyuter xonalari jihozlari va kompyuterlari zamonaviy ekanligi bois raqamli taʼlim imkoniyatlari toʻliq ishlayotgani aniqlandi. Deputat taʼlim sifati va infratuzilmani yanada yaxshilash boʻyicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berishini bildirar ekan, maktabda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish muhimligini taʼkidladi.