Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Анжуманда устувор вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Талабаларнинг конституцион билимлари оширилди
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish kunlari” profilaktik tadbiri
янв.21
Депутат иштирокида - ўқувчи ёшлар билан 8 декабрь – Конституция куни байрами муносабати билан тадбир бўлиб ўтди.
янв.21
“Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Депутат - Ўз сайланган худудидаги давлат мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига кўрилган тайёргарлик ишларини ўрганди.
янв.21
Deputat - o‘z xududidagi umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishdi va undagi o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
#Депутат_фаолиятидан
янв.21
DEPUTAT - TIBBIYOTDA YANGI TEXNOLOGIYALAR VA TERAPIYA USULLARI” VII XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
Deputat - ma'naviy tadbirda ishtirok etdi va nutq so'zladi
Quva mahallasida deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

 Quva mahallasida deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. 

Quva tumanidagi Quva mahalla
fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati M.
Sayfidinova, tuman Kengashi deputati M. Sayfidinov hamda O‘zLiDeP Quva tuman
Kengashi apparati rahbari Yu. Abdullaeva ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot
tashkil etildi.
 

Uchrashuvda mahalla faollari,
nuroniylar, “mahalla yettiligi” a’zolari va fuqarolar faol ishtirok etdilar.
 

Muloqot davomida deputatlar
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, tumanni
rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, “Mahallabay
ishlash” tizimining mazmun-mohiyati, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish yo‘nalishlaridagi
ishlar haqida ma’lumot berdilar.
 

Fuqarolar muloqot jarayonida
o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha deputatlar va mutasaddi rahbarlarga
murojaatlar yo‘lladilar. Ko‘tarilgan har bir murojaat yuzasidan joyida aniq
choralar ko‘rildi, ayrim masalalar esa tegishli tashkilotlar nazoratiga olindi.
 

Uchrashuv ochiq va samimiy
muhitda o‘tdi. Aholi vakillari bunday muloqotlar xalqning dardini eshitish,
muammolarni joyida hal etish hamda jamoatchilik faolligini oshirishda muhim
ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
 

Tadbir yakunida deputatlar
tomonidan aholi bildirgan taklif va fikr-mulohazalar umumlashtirilib, ularni
amaliy hayotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
  

Slide 1 of 4