Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati I. Qodirova “O‘rikzor” mahallasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatni o‘rgandi.
Mahalladagi 135 ta xonadonga ichimlik suvi yetkazilmaganligi aniqlanib, aholi uchun zarur bo‘lgan 200 metr polietilen quvur ta’minlanishi lozimligi ma’lum bo‘ldi.
Deputat I. Qodirova tuman hokimi o‘rinbosari U. Haqqulov va suv-oqava tizimi mutaxassislari bilan birga joyiga chiqib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni kelishib oldi.
Mazkur masala bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.