Xalq deputatlari tuman Kengashiga 18-O'rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputat L.Jamolova “Taraqqiyot” MFYda bo‘lib, hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida mahallada ishsizlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Aholini bandlikka jalb etish, kasb-hunar o‘rgatish kurslarini yo‘lga qo‘yish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif va fikrlar bildirildi.
Deputat tomonidan aholining ijtimoiy faolligini oshirish, mahalladagi muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha doimiy hamkorlikni davom ettirilishi ta’kidlandi.