Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputat - ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Avlodlarga munosib voris bo‘laylik!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
MAHALLA — TARAQQIYOT SARI!
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
#МУНОСАБАТ
янв.21
Qaror ijrosi amalda
янв.21
“Республика раҳбарларига шаҳар Кенгаши депутати маъруза қилди”
Deputatlar o‘z saylov hududlarida aholining dardi va takliflarini tinglamoqda.

Deputatlar o‘z saylov hududlarida aholining dardi va takliflarini tinglamoqda.

Termiz tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari o‘zlari saylangan hududlarda aholining turmush sharoitini o‘rganish, ularning muammolarini eshitish va joyida yechim topish maqsadida uyma-uy yurib uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Uchrashuvlar davomida deputatlar fuqarolarning yashash sharoitlari, mahallalarda mavjud ijtimoiy muammolar, ichimlik suvi, yo‘l, elektr ta’minoti, ta’lim va tibbiyot tizimiga oid masalalarni o‘rganishdi. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, imkon darajasida joyida hal qilindi, ayrim masalalar esa tegishli tashkilotlar e’tiboriga yetkazildi.

Deputatlar aholining dardi bilan yashash, ularning ishonchini oqlash, eng muhimi — saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish har bir deputatning eng muhim burchi ekanini ta’kidlashdi.

Bunday uchrashuvlar tuman bo‘ylab izchil davom ettirilmoqda. Maqsad — har bir mahallada o‘zgarish bo‘lishi, har bir fuqaroning ovozi eshitilishi va ularning hayotida ijobiy natijalar sezilishi.

Slide 1 of 4