Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari P.F.Ro‘ziboyev hamda S.A.Masharipovlar boshchiligida hududdagi ijtimoiy soha ob’ektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida ijtimoiy soha ob’ektlarda kuz-qish mavsumiga shayligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ijtimoiy ob’ekt rahbarlariga energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini
keskin kamaytirish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish, yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanish davr talabi ekanligi yuzasidan o‘zlarining tavsiyalarini berdilar.