Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabining sport zali faoliyati bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman Kengashi deputati U.Achilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Turg‘unov hamda B.Qo‘ziyevlar To‘rttol mahallasida qurilishi rejalashtirilgan Angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi loyihasi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining o'ttiz sakkizinchi sessiyasi 23-oktabr kuni bo'lib o'tadi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining o'ttiz sakkizinchi sessiyasi 23-oktabr kuni bo'lib o'tadi.

📆 Kun tartibidagi masalalar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquq-buzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida;

Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi hisoboti to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti;

Olmazor tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

Olmazor tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarimng eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida;

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 2025-yil 16-maydagi III-8-56-14 197-K/25-sonli “Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi huzurida Yoshlar guruhini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 2025-yil 2-iyuldagi III-11-75-14-197-K/25-sonli “Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi huzurida ekspert guruhini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

📌 Sessiya davomida aniqlangan muammolarni hal etish, hududda qonun ustuvorligini mustahkamlash va mas’ullarning hisobdorligini oshirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

Slide 1 of 1