Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabining sport zali faoliyati bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman Kengashi deputati U.Achilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Turg‘unov hamda B.Qo‘ziyevlar To‘rttol mahallasida qurilishi rejalashtirilgan Angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi loyihasi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING 45-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiyada tuman hayotining muhim yo‘nalishlariga oid masalalar muhokama qilinib, mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari tinglandi.

SESSIYA KUN TARTIBIDAGI ASOSIY MASALALAR

Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi
2026-yilning 9 oyi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar.

Qonun ustuvorligi va jamoat xavfsizligi
Kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi.

Hududiy rivojlanish
Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid Prezident qarori ijrosi.

Mahalliy budjet va soliq tushumlari
Budjet daromadlari ijrosi, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash va soliq qarzdorligini kamaytirish masalalari.

“Yashil makon” — yashil kelajak sari
Kuzgi mavsumda mahallalarning yashillik darajasini oshirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish.

Aholi murojaatlari — deputatlar e’tiborida fuqarolar murojaatlari va mavjud muammolar bilan ishlash, ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

Suv resurslari va suv tejovchi texnologiyalar
Suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash va zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish.

ASOSIY MAQSAD — AHOLI MANFAATLARI!

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar hududda qonuniylikni mustahkamlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ekologik barqarorlikni oshirish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishda muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida, hudud taraqqiyoti va farovon kelajak uchun!

Slide 1 of 8