OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 24-«Sag‘bon» saylov okrugi deputati Kamala Gulyamova tomonidan «A. Shoshiy» mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🗣 Muloqot davomida deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, saylovchilar bilan olib borilayotgan muloqotlar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot taqdim etildi.
🤝 Ochiq muloqot saylovchilar bilan doimiy aloqani mustahkamlash, hududdagi dolzarb masalalarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!