#19_1_modda
#doimiy_komissiya
#haftalik_ish_rejaga_kora
“YASHIL MAKON” VA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining Agrar qurilish kommunal sohalar, ekologiya sanoat va transport bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida ekspert guruhi a’zolari ishtirokida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-206-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil kuzgi mavsumi uchun “Yashil dasturi”ni tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarorining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.