Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman Kengashi deputati U.Achilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Turg‘unov hamda B.Qo‘ziyevlar To‘rttol mahallasida qurilishi rejalashtirilgan Angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi loyihasi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
TOSHKENT SHAHRIDA KASALLIKLARNI ERTA ANIQLASH VA PROFILAKTIK TIBBIY KO‘RIKLAR QAMROVI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

#162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi #SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish

❗️ TOSHKENT SHAHRIDA KASALLIKLARNI ERTA ANIQLASH VA PROFILAKTIK TIBBIY KO‘RIKLAR QAMROVI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar
Kengashi deputati Dildora Rustamova Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha o‘rinbosari Muattar Abdullayevaga poytaxtda aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktik skrining tekshiruvlarini tashkil etish masalalari yuzasidan savol yo‘lladi.

🔺 SAVOL: Deputat Dildora Rustamova Toshkent shahrida yurak-qon tomir, qandli diabet va onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha profilaktik ko‘riklar qay darajada tashkil etilgani, 2026-yilda belgilangan skrining rejalari qanday bajarilgani hamda tekshiruvlar natijasida qancha fuqaroda kasallik aniqlangani yuzasidan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha o‘rinbosari Muattar Abdullayevaga savol berdi.

🗣 JAVOB: Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha o‘rinbosari Muattar Abdullayeva mazkur masala yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida poytaxtda 7 ta skrining dasturi doirasida jami 3 231 643 ta tekshiruv o‘tkazilganini, o‘rtacha qamrov 90,5 foizni tashkil etganini bildirdi.

🔎 O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 29 763 ta holatda kasallik erta aniqlangani qayd etildi. Xususan, qandli diabet kasalligini erta aniqlash maqsadida 40 yoshdan katta 754 728 nafar fuqaro skrining tekshiruvidan o‘tkazilgan. Qamrov 91,6 foizni tashkil etib, 2 548 nafar fuqaroda qandli diabet birlamchi aniqlangan.

♻️ Yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash bo‘yicha esa 30 yoshdan katta 672 263 nafar fuqaro tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijada 22 290 nafar fuqaroda ushbu turdagi kasalliklar birlamchi aniqlangan. Shuningdek, bachadon bo‘yni saratonini aniqlash maqsadida 122 011 nafar ayol skriningdan o‘tkazilib, 78 nafarida kasallik aniqlangan. Sut bezi saratonini erta aniqlash bo‘yicha 134 588 nafar ayol mammografik tekshiruvdan o‘tkazilgan va 266 nafarida kasallik aniqlangan.

📋 Mazkur ko‘rsatkichlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida profilaktik tekshiruvlarni muntazam tashkil etish, kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlash va fuqarolarni zarur tibbiy kuzatuvga olish muhimligini ko‘rsatadi.

✅ Muhokamada profilaktik ko‘riklar qamrovini yanada kengaytirish, xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tibbiy yordamning uzluksizligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1