#Okrugda_organish
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati Muxabbat Kazakova tomonidan tumanda 2026-yilning III choragi davomida mahalliy budjetga tushumlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tadbirkorlar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi, hisoblangan soliqlar bilan amalda to‘langan mablag‘lar o‘rtasidagi farq hamda mavjud soliq qarzdorliklari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, budjet daromadlarini oshirish va qo‘shimcha mablag‘ manbalarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|