Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman Kengashi deputati U.Achilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Turg‘unov hamda B.Qo‘ziyevlar To‘rttol mahallasida qurilishi rejalashtirilgan Angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi loyihasi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
O‘quvchilarning ijodiy ishlari bilan tanishildi

O‘quvchilarning ijodiy ishlari bilan tanishildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 15-O‘zbekiston saylov okrugi deputati Radjapov Shuxrat Payg‘ambarovich tomonidan Darxan MFY hududidagi 28-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida o‘quvchilar tomonidan qo‘lda yasalgan turli ijodiy buyumlar, amaliy san’at namunalari hamda ularning ijodiy ishlari bilan tanishildi.

Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning tasavvuri va ijodkorligini rivojlantirish, mehnatsevarlik ko‘nikmalarini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda yangi qobiliyatlarini namoyon etishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yosh avlodning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, ularni foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish va ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2