Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabining sport zali faoliyati bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman Kengashi deputati U.Achilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Turg‘unov hamda B.Qo‘ziyevlar To‘rttol mahallasida qurilishi rejalashtirilgan Angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi loyihasi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

2. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:

2.1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi “Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-410-sonli qarorining ijrosi yuzasidan 2026-yil III choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi A.O.Jimalyazovning hisoboti to‘g‘risida.

2.2 Tuman prokurori M.Sapayevning tumanda jinoyatchilik ahvoli borasida 2026-yil III choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

2.3 Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Matyakubovning 2026-yil III choragi davomida tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risida.

2.4 Tuproqqal’a tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i S.Ro‘zimovaning 2026-yil III choragida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

2.5 Tuproqqal’a tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i E.Raximovning tumanda 2026-yilning o‘tgan III choragi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

2.6 “Hududgaz Xorazm” filiali “Tuproqqal’atumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil davomida Tuproqqal’a tumanida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan bo‘lim boshlig‘i T.Avezovning hisoboti to‘g‘risida.

2.7 “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ tuman bo‘limi tomonidan 2026-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan bo‘lim boshlig‘i G‘.Qurbonovning hisoboti to‘g‘risida.

2.8 Tuproqqal’a tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

2.9 Tashqi reklama va eʼlonlarni milliy madaniyat va davlat tili meʼyorlari asosida tartibga solish holati to‘g‘risida.

2.10 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 313-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.

2.11 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputatlari tomonidan faoliyatlari yuzasidan 2026-yilning IV choragida o‘z saylovchilari oldida axborot berish reja-grafigini tasdiqlash to‘g‘risida.