Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman Kengashi deputati U.Achilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Turg‘unov hamda B.Qo‘ziyevlar To‘rttol mahallasida qurilishi rejalashtirilgan Angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi loyihasi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
Ishsizlik_va_kambagʻallikni_qisqartirish

 DEPUTAT YORDAMI: IJTIMOIY REESTRDAGI FUQAROGA DAVOLANISH UCHUN ORDER AJRATILDI
Oʻrganish va aniqlangan muammo:
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Neʼmatjon Moʻminov Nukus mahallasida yashovchi, Ijtimoiy reyestrda turgan fuqaro Oʻgʻiljon Rajabova xonadonida boʻldi.
Uchrashuv davomida fuqaroga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati oʻrganilganda, uning viloyat shifoxonasida davolanishi uchun tibbiy "order" ajratilishi boʻyicha muammosi borligi aniqlandi.
Natija:
Deputatning aralashuvi va saʼy-harakatlari bilan ushbu masala joyida ijobiy hal etilib, fuqaro Oʻgʻiljon Rajabovaga viloyat kasalxonasida bepul davolanish uchun zarur boʻlgan order ajratilishi taʼminlandi.