Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 18-Guliston saylov okrugi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan Guliston mahallasiga tashrif amalga oshirilib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud masalalarni hal etish, ehtiyojmand va ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilaviy masalalarni o‘rganish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash hamda mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash yo‘nalishidagi ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.