Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman Kengashi deputati U.Achilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Turg‘unov hamda B.Qo‘ziyevlar To‘rttol mahallasida qurilishi rejalashtirilgan Angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi loyihasi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
#_24_Masala

O‘zbekiston Adolat Sotsial-demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, Kotibiyat mudiri Mansur Urazbayev deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida tumanimizdagi 2-sonli texnikumda bo‘ldi.

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan, muassasadagi isitish tizimining barqaror va muammosiz ishlashiga qaratildi.

Xususan:
🔹 Binoning isitish tizimlari, qozonxonalar holati va ularning shayligi ko‘zdan kechirildi;
🔹 O‘quv xonalari hamda amaliyot xonalaridagi harorat me’yorlariga rioya etilishi masalalari muhokama qilindi;
🔹 Mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish va talaba-yoshlar uchun issiq va qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
"Aholimiz, ayniqsa, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning qishning sovuq kunlarida munosib sharoitlarda bilim olishlarini ta’minlash — ustuvor vazifamizdir," — deya ta’kidladi deputat.
Mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha deputatlik nazorati va o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 6