Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy Kengashlarning hududlardagi muammolarni o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish va ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi vakolatlarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida Nurafshon mahallasida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida hududdagi huquq-tartibot va profilaktika ishlarining tashkil etilishi, xususan, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.

Jumladan, mahallada faoliyat olib borayotgan deputatga biriktirilgan tashkilot shahar IIB profilaktika inspektori Orifjonov Xurshidbek O‘tkirbek o‘g‘lining xizmat faoliyati qonunchilik talablari asosida o‘rganildi. Bunda profilaktika inspektorining voyaga yetmaganlar bilan ishlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nazoratsizlikning oldini olish hamda huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ–263-son “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning hududda amalda qanday ta’minlanayotgani tahlil qilindi.

Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — mavjud holatni shunchaki qayd etish emas, balki voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktik ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosini baholashdan iborat.

Bunday o‘rganishlar mahallalarda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning hayotga tatbiq etilishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va aholi, ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan olib borilayotgan deputatlik o‘rganishlari ana shu maqsadga — hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarga amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6