Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
SESSIYA OLDI KUN TARTIBIGA KIRITILADIGAN MASALALAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining sessiyasi oldidan kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida tuman tibbiyot birlashmasida dori-darmon vositalarini xarid qilish, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularning yetkazib berilishi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, tibbiyot birlashmalarda aslida 120 turdagi dori-darmon vositalari mavjud bo'lishi kerak boʻlib, mazkur dori vositalari belgilangan tartibda aholiga bepul tarqatilishi lozim

O‘rganish jarayonida dori-darmon vositalarining mavjudligi, saqlanishi va aholiga yetkazib berilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L. Xurramov faol ishtirok etdi.

O‘rganish yakunlari sessiya oldi muhokamalarida ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda umumlashtirildi.

Slide 1 of 2