Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
QONUN TARG‘IBOTI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligining oldini olish, sog‘lom ovqatlanish va aholi salomatligini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarga “Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-251-son hamda qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Deputat tomonidan aholining huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda mikronutrient yetishmasligi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, qonunchilikdagi tegishli normalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3