Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
"Kuchlik" mahallasidagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

"Kuchlik" mahallasidagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati N.Nasrullayev nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan doimiy nazorat tadbirlari doirasida Kuchlik mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

⚜️O‘rganish jarayonida mahallada ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan manzilli ishlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda mavjud muammo va takliflarni o‘z vaqtida aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

⚜️Ijtimoiy xodim tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash tizimi, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik darajasi hamda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2