Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_masala
📌 DEPUTATLIK FAOLIYATI: MADANIYAT VA YOSHLAR E’TIBORDA


Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan Tuman Madaniyat markaziga tashrif amalga oshirildi.

🎭 Tashrif davomida Madaniyat uyida faoliyat yuritayotgan turli to‘garaklar, yoshlar ijodiy jamoalari, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🌱 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🤝 Tashrif davomida mavjud muammolar, yaratilgan sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

✨ Yoshlar ijodini qo‘llab-quvvatlash — kelajak bunyodkorlarini rag‘batlantirish demakdir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3